Qattiq chiqindi yoqish mini zavodi (insinerator) o‘zi nima?.
Qattiq chiqindi yoqish mini zavodi (insinerator) – bu xar-xil turdagi chiqindi materiallarini yuqori haroratda yoqish, ularni kulga aylantirish orqali umumiy chiqindilar hajmini maytirishga va ularning ekologiyaga salbiy ta’sirini pasaytirishga mo‘ljallangan maxsus uskuna.
Xususiyatlari
• Asosiy yoqish pechi eng so‘ngi gazifikatsiyalash texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib undagi harorat 200-850°C gacha, ikkinchi yonish pechining harorati esa taxminiy 900-1200°C gacha yetadi.
• Pechning quvvati foydalanuvchining ehtiyojiga qarab bir marta uchun 20-500 kg. Mazkur model 500 kg ga mo‘ljallangan, chiqindi turiga qarab, bir martada 500 kg gacha chiqindilarni yoqishi mumkin, 1 partiya chiqindini yoqish uchun, chiqindi turiga ko‘ra 1-2 soat kerak bo‘ladi.
• Uskuna gazda eng ilg‘or yoqish uslubidan foydalanadi, chiqindi dastavval havo purkagich yordamida kuchaytirilgan pechda so‘ngra yuqori haroratda chiqindi changini yoquvchi ikkinchi pechda va ishlov berib yoqish bo‘limida, venturi tizimidan foydalaniladi.
• Yopiq korpus ichida chiqindi gazlarini ho‘llab changitish orqali tozalash tizimi qo‘llaniladi, bu esa dioksin hosil bo‘lishi va ikkilamchi ifloslanishning oldini oladi.
• Yuqori haroratda gazifikatsiyalash uchun chiqindilar pechga joylashtirilishi, so‘ngra chiqindi tutuni ho‘llab tozalanishi, atrof muhitni muhofaza qilishda muhim rol o‘ynaydi.
• Qattiq chiqindi yoqish mini zavodi (insinerator), ishlab chiqarish zavodlari, shifoxonalar, chiqindilarni qayta ishlash markazlari, mehmonxonalar, vokzallar, yirik tijorat tashkilotlari, korxona va muassasalar uchun mos keladi.
Afzalliklari
• Qattiq chiqindilarni utilizatsiya qilish va transport sarf-xarajatlarini 10 barobarga qisqartiradi va ish samaradorligini oshiradi.
• Qattiq chiqindilar katta maydonlarni egallaydi va hududidan foydalana olish imkoniyatlarini cheklaydi. Ushbu uskuna 1 kub qattiq chiqindini yoqib undan 1 kg miqdorda kul hosil qiladi va chiqindi maydonlarini qisqa muddatda ekologik toza uslubda tozalash imkonini beradi.
• Tibbiyot maskanlarida utilizatsiya qilinayotgan, tarkibida xavfli va yuqumli moddalar bo‘lgan qattiq chiqindilarni ekologiyaga zararsiz usulda yuq qiladi.